"O’zenergota’minlash" AJ rasmiy web-saytiga xush kelibsiz!
“O’zenergota’minlash” AJ O'zbekiston Respublikasining Energetika va elektrlashtirish vazirligining 1994 yil 22 yanvardagi 17-sonli buyrug'i asosida tashkil etilgan. “O’zenergota’minlash” AJ asosiy faoliyatining maqsadi ulgurji savdo, mahsulot va ishlab-chiqarish-texnik uskunalarni etkazib berish, ehtiyot qismlar, nostandart va qo'shimcha uskunalarni etkazib berishni tashkil etish, ishlab-chiqarish-texnik foydalanish, “O'zbekenergo” AJ korxona va ob'ektlarini kapital qurilish va ta'mirlash ishlari uchun mashina va mexanizmlarni etkazib berishni tashkil etish. Jamiyat avtotransport vositalari, ko'chma va ko'chmas mulkni ijaraga olish bo'yicha xizmat ko'rsatadi.