Umumiy ma'lumotlar
“O’zenergota’minlash” AJ O'zbekiston Respublikasining Energetika va elektrlashtirish vazirligining 1994 yil 22 yanvardagi 17-sonli buyrug'i asosida tashkil etilgan. “O’zenergota’minlash” AJ asosiy faoliyatining maqsadi ulgurji savdo, mahsulot va ishlab-chiqarish-texnik uskunalarni etkazib berish, ehtiyot qismlar, nostandart va qo'shimcha uskunalarni etkazib berishni tashkil etish, ishlab-chiqarish-texnik foydalanish, “O'zbekenergo” AJ korxona va ob'ektlarini kapital qurilish va ta'mirlash ishlari uchun mashina va mexanizmlarni etkazib berishni tashkil etish. Jamiyat avtotransport vositalari, ko'chma va ko'chmas mulkni ijaraga olish bo'yicha xizmat ko'rsatadi.
O'z faoliyatini amalga oshirish va Jamiyat oldida turgan vazifalarni xal etish maksadida:
- rivojlanish istiqbolini belgilashga, ishlab-chiqarish va sotsial progressni ta'minlashga, aktsiadorlarning va mehnat kollektivning a'zolarini shahsiy foydasini ko'paytirish yo'lini belgilashga energotizimning korxonalarining mahsulotga va hizmatlarga bo'lgan extiyojidan kelib chiqqan xolda o'z faoliyatini mustaqil rejalashtirishga;
- O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tayyorlovchilar bilan, etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan, shu jumladan chet el investorlari bilan o'z nomidan shartnomalar, bitimlar tuzishga xaqli. «O'zbekenergo» AJ tizimida jamiyat mustaqil korxona xisoblanadi, o'z-o'zini moliyalashtirish va o'z-o'zini oqlash yo'li bilan to'liq xo'jalik hisobi sharoitida amal qiladi. Yuridik shaxs xisoblanadi, mustaqil balansga egalik qiladi va bank muassasalarida o'z hisob raqami va maxsus raqamlarga ega.
Jamiyat aktsiadorlarning umumiy maqsadi bo'lib - korxonani dinamik rivojlantirish, investitsiya jalb etishni kuchaytirish, keyinchalik moliyalik muvaffaqiyatni kuchaytirish, qo'shimcha foyda olish, aktsiadorlarga farovonlik kafolat beradigan va Jamiyatga barqarorlik ta'minlash, iste'molchiga esa - oliy sifatli hizmatlar ko'rsatish hisoblanadi.